“Splatdan sovg‘alar marafoni” REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI

(Keyingi o‘rinlarda - “QOIDALAR”)

  1. “Splatdan sovg‘alar marafoni” REKLAMA AKSIYASI (keyingi o‘rinlarda “Aksiya”) SPLAT® va Biomed savdo belgilari ostidagi mahsulotlarga nisbatan qiziqish uyg‘otish va ularni qo‘llab-quvvatlash, ijobiy imij va iste’molchilar talabini shakllantirish, shuningdek, ushbu mahsulotlarni sotish hajmini oshirish maqsadida nomuayyan shaxslar doirasida amalga oshiriladi. Aksiya lotereya, qimor o‘yini hisoblanmaydi, Ishtirokchilardan qatnashish uchun badal to‘lash talab qilinmaydi.

2. AKSIYA BUYURTMACHISI, TASHKILOTCHISI, TEXNIK HAMKORLARI HAQIDA MA’LUMOT

2.1. Aksiya Buyurtmachisi: Rossiya, 174350, Novgorod oblasti, Okulovskiy rayoni, Okulovka-Kulotino avtomagistralining 2-km hududi, 1-uy, 2 bino, 19 xona manzilida joylashgan “SPLAT GLOBAL” MChJ, Rossiya (keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi”. INN: 7718173605. Buyurtmachi aksiyani moliyalashtiradi.
2.2. Aksiya Tashkilotchisi: Aksiya Ijrochisi O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Farovon MFY, Afrosiyob ko‘chasi, 8a uy manzilida joylashgan, Buyurtmachining topshirig‘iga asosan harakat qiluvchi “INNOHEALTH TRADE” MChJ (keyingi o‘rinlarda “Tashkilotchi”) hisoblanadi. INN: 309 936 670. Tashkilotchi Aksiyani tashkil etishni mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb qilgan holda amalga oshiradi.
2.3. Aksiya Operatori: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Safdosh ko‘chasi, 5-uy manzilida joylashgan “GATTER GROUP” MChJ (keyingi o‘rinlarda – “Operator”). INN: 302 831 562. Operator quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: Sovrinli o‘yin o‘tkazilishini tashkil qilish, Sovrinli o‘yin G‘oliblarini aniqlash, Sovrinli o‘yin Ishtirokchilari/G‘oliblari bilan muloqot qilish, shu jumladan, Sovrinli o‘yinni o‘tkazishni texnik qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha muloqot qilish; Operator Sovrinli o‘yin natijalari bo‘yicha O‘yin Sovrinlarini topshirish, shuningdek, G‘olib deb e’lon qilingan Ishtirokchilar oldida Operator majburiyatlarini bajarish uchun zarur hujjatlarni olish borasida mas’ul shaxs hisoblanadi, jismoniy shaxslar daromad solig‘i bo‘yicha soliq agenti va shaxsiy ma’lumotlar operatori funksiyasini bajaradi. Aksiyaning uz.splatglobal.com saytida Oferta, shuningdek g‘oliblar to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtiradi.
2.4. Aksiyaning texnik hamkori (keyingi o‘rinlarda “Texnik hamkor”): O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli ko‘chasi, 1-tor ko‘cha, 6-uy manzilida joylashgan “HAVAS FOOD” MChJ QK. Texnik hamkor aksiya haqida ma’lumot berish uchun reklama joylarini taqdim etadi.
2.5. Aksiyaning 2-chi Texnik hamkori (keyingi o‘rinlarda “2-chi Texnik hamkor”): Toshkent sh., Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 16B-uy manzilida joylashgan “TECHNOMART” MChJ Sovrinli o‘yin natijalari bo‘yicha Sovrinli o‘yin sovrinlarini yetkazib berish uchun mas’ul shaxs hisoblanadi.

3.AKSIYANING O‘TKAZILISH MUDDATI

3.1. Aksiyaning o‘tkazilish muddati: 2024-yil 29 yanvardan 2024-yil 29-martgacha (shu jumladan 29 mart kuni ham) (keyingi o‘rinlarda, shuningdek, “Aksiya muddati” yoki “Aksiya davri”).
3.2. Aksiya G‘oliblariga sovrinlarni topshirish muddati: 2024-yil 30-aprelgacha (shu jumladan, 30 aprel kuni ham).
3.3. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqti bo‘yicha hisoblanadi.
3.4. Aksiyani o‘tkazish muddati Tashkilotchining tashabbusi bilan uzaytirilishi mumkin. Aksiya muddati uzaytirilganda ishtirokchilar uz.splatglobal.com/samarqand2024 saytida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish orqali Tashkilotchi tomonidan qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.


4. HUDUD, PROMO-SAYT VA XABARDOR QILISH TARTIBI

4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida (keyingi o‘rinlarda O‘zR) Samarqand viloyatining 7 ta
chakana savdo shoxobchalarida O‘zbekiston Respublikasi hududi (keyingi o‘rinlarda “Aksiya o‘tkaziladigan hudud”)da joylashgan, 3.1.1-bandda ko‘rsatilgan manzilli dasturga muvofiq o‘tkaziladi.
4.1.1. Aksiya o‘tkaziladigan savdo shoxobchalarining manzilli dasturi:
- ISMATOVS FAMILY MARKET MCHJ, Samarqand sh., O‘zbekiston ko‘chasi, 67-uy;
- TRADE MARKET YUKSALISH MCHJ, Samarqand sh., Ibn Sino ko‘chasi, 4/B uy;
- “BUYUK SUPERMARKET” MCHJ, Samarqand sh., Gagarin ko‘chasi, 29 uy;
- “ASR MARKET TNU” MCHJ, Samarqand sh., Marxabo MFY, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 72 uy;
- “FAYZ-XAYRINISO” XK Samarqand sh., Sattepo maskani ko‘chasi, 34/G uy;
- “INVEST KOSMOS MARKET” MCHJ, Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 45 a uy
- NASIBALI KORXONA QK, Samarqand sh., Sattepo maskani ko‘chasi, 34/G uy.
4.2. Ishtirokchilarni Aksiyada ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan, ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar) to‘g‘risida xabardor qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
1) Aksiyaning rasmiy uz.splatglobal.com/samarqand2024 internet-sahifasida (yuqorida, bu yerda va keyinchalik – “Sayt”);
Operator, Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachining tanloviga ko‘ra boshqa usullar bilan;
3) Aksiyaga doir savollar bo‘yicha elektron pochta: splat.samarqand@gmail.com.
4.3. Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi istalgan vaqtda Aksiya shartlarini oʻzgartirishga, uni o‘tkazilishini muddatidan oldin tugatishga, Aksiya haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni eʼlon qilishga haqli. Aksiya va uning shartlari bo‘yicha yangilangan (qo‘shimcha) ma’lumotlar Buyurtmachi tomonidan bunday o‘zgartirish (yangilash) ma’qullangan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida uz.splatglobal.com/samarqand2024 saytiga joylashtirilishi lozim.
4.4. Buyurtmachi, Tashkilotchi, Operator Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi, bundan ushbu Qoidalarda, O‘z.R amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar va yuzaga keladigan nizoli vaziyatlar mustasno.
4.5. Tashkilotchi va Buyurtmachi Aksiyaning o‘tkazilishi va natijalari uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

5. AKSIYA MAHSULOTI

5.1. Aksiya Splat va Biomed savdo belgilari ostidagi barcha mahsulotlarga nisbatan o‘tkaziladi (keyingi o‘rinlarda “Aksiya mahsulotlari”):
5.2. Aksiya mahsulotlari Ishtirokchi tomonidan Aksiya qoidalarining 3.2-bandida ko‘rsatilgan muddatda, Aksiya qoidalarining 4.1-bandiga muvofiq xarid qilinishi kerak (“Hudud, Promo-sayt va ma’lumot berish tartibi" bo‘limi).

6. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

6.1. Aksiyada 16 yoshga to‘lgan va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar: O‘z.R fuqarolari va O‘z.R yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan va O‘z.R hududida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari (bu yerda, yuqorida va keyinchalik birgalikda – “Ishtirokchilar”, alohida esa – “Ishtirokchi”) ishtirok etishlari mumkin.
6.2. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning Aksiyada ishtirok etishiga faqat ota-onalarning, vasiylarning, Qoidalarning ushbu bandida ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning roziligi bilan, ular to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
6.3. Quyidagilarning Aksiyada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
• Buyurtmachi va (yoki) Tashkilotchi, Operator, Texnik hamkorning ishchilari;
•Tashkilotchi, Operator, Texnik hamkor, Buyurtmachisi bilan affillangan deb tan olingan shaxslar;
• Tashkilotchi, Operator, Texnik hamkor, Buyurtmachi bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatlarni o‘rnatgan, va/yoki Aksiyani tashkil etish va/yoki o‘tkazish, Buyurtmachi mahsulotini sotish bilan bog‘liq bo‘lgan uchinchi shaxslarning ishchilari va vakillari;
• yuqorida sanab o‘tilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari;

• fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘z.R yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari.
6.4. Agar ushbu Qoidalarning 6.1., 6.2., 6.3-bandlari va boshqa boʻlimlari shartlariga javob bermaydigan fuqarolarning Aksiyada ishtirok etish holati aniqlangan taqdirda, Tashkilotchi va/yoki Operator bunday shaxslarni Aksiyada ishtirok etishini va (yoki) sovrin olishini rad etishga haqli.

7. AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI

7.1. Aksiyaning Sovrin jamg‘armasi Buyurtmachining mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi va Manzilli dastur doirasida har bir savdo shoxobchasi uchun sovrinlar to‘plami (keyingi o‘rinlarda “Aksiya sovrinlari”)ni o‘z ichiga oladi.
7.2. 1ta savdo shoxobchasi uchun sovrinlar to‘plami:
  • Sovutkich - butun aksiya davri uchun 1-ta savdo shoxobchasiga 1 dona;
  • Televizor - butun aksiya davri uchun 1-ta savdo shoxobchasiga 1 dona;
  • Botirma blender - butun aksiya davri uchun 1-ta savdo shoxobchasiga 1 dona;
  • Dazmol - aksiya davri uchun 1-ta savdo shoxobchasiga 1 dona;
  • Mahsulot to‘plami – butun aksiya davri uchun 1-ta savdo shoxobchasiga 5 dona.

7.3. Buyurtmachi Aksiyaning Sovrin jamg‘armasini o‘zgartirish, shu jumladan Sovrinlarning miqdori, butlov qismlari, turi va boshqa xususiyatlarini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Mazkur holatda, Sovrinlar narxi bo‘yicha almashtirilganlari bilan mutanosib bo‘lishi kerak.

7.4. Aksiya sovrinlarining tashqi ko‘rinishi, ularning o‘lchami, naqshi, o‘rami rangi va boshqa xususiyatlari reklama materiallarida taqdim etilgan rasmlarga hamda Ishtirokchilarning shaxsiy taxminlariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Aksiya sovrinlari sifatida taqdim etilgan tovarlarning sifati uchun javobgarlik ushbu tovarlar ishlab chiqaruvchisi zimmasiga yuklanadi.


8. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI

Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi ushbu Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan Aksiya o‘tkazilish muddati ichida quyidagi konklyudent harakatlar ketma-ketligini bajarishi kerak:
8.1. Ushbu qoidalarning 5.1-bandida ko‘rsatilgan Aksiya mahsulotlaridan ushbu Qoidalarning 3.2, 9.2- bandida ("Aksiya mahsulotlarini xarid qilish davri"-bo’limi) ko’rsatilgan muddat davomida 1 (bir) fiskal chekda kamida 1(bir) dona xarid qilish;
8.2. Ishtirokchi tomonidan xarid qilinadigan Aksiya mahsulotlari soni cheklanmagan;
8.3. Aksiyada ishtirok etish uchun ushbu Qoidalarning 8.1-bandi shartlariga muvofiq bog‘lanish ma’lumotlari va ishlab turgan telefon raqami ko‘rsatilgan Aksiya mahsuloti cheki bo’lishi kerak. Keyin, ushbu chekni har bir ishtirokchi - chakana savdo do‘konida o‘rnatilgan promo qutisiga solishi kerak.
8.4. Ushbu Qoidalarning 8.1.-bandi shartlariga muvofiq bog’lanish ma’lumotlari va ishlab turgan telefon raqami ko‘rsatilgan Aksiya mahsulotining promo qutisiga solingan chek ushbu Qoidalarning 9.2-bandida ko‘rsatilgan Aksiyaning Sovrinli o‘yinlarida ishtirok etish uchun 1 (bitta) ariza (keyingi o‘rinlarda “Ariza”) hisoblanadi.
8.5. Ishtirokchi Aksiya G‘olibi (Aksiyaning har qanday Sovrin/Sovrinlari egasi) bo‘lgan taqdirda, u bo‘yicha Sovrin yutib olingan Ariza promo boksga solingan noyob chek) avtomatik ravishda bekor qilinadi, Aksiyada keyingi ishtirok etish uchun Ishtirokchi mahsulotlarni yana Aksiya qoidalari shartlariga muvofiq qayta xarid qilishi kerak.
8.6. Qo‘shimcha savollar tug‘ilgan taqdirda, Ishtirokchi splat.samarqand@gmail.com elektron pochta orqali murojaat qilishi mumkin.

9. AKSIYA G‘OLIBLARINI ANIQLASH

9.1. Tashkilotchi tomonidan butun Aksiya davrida:
- 4.1-bandda belgilangan Manzilli dasturiga ko‘ra, ushbu Qoidalarning 9.2-bandida belgilangan Aksiya sovrinli o‘yinlari Jadvali (keyingi o‘rinlarda – “Sovrinli o‘yinlar jadvali”)ga muvofiq Sovrinli o‘yin 1 (bir) marta o‘tkaziladi.
9.2. Sovg‘a oluvchilarni aniqlash 2024-yil 30-martdan 10-aprelgacha ushbu Qoidalarning (“Aksiyada
ishtirok etish shartlari va tartibi” bo‘limi) 8.1., 8.3., 8.4-bandlarda ko‘rsatilgan shartlarni bajargan Ishtirokchilar o‘rtasida lototron vositasida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, Tashkilotchi sovg‘a oluvchilarni aniqlash va sovg‘alarni berish vaqtini o‘zgartirishi mumkin.
Agar Aksiya Ishtirokchisi Aktsiya natijalari e’lon qilingan paytdan boshlab 30 kalendar kun ichida sovg‘ani olishdan bosh tortsa yoki uni olish niyatini bildirmasa, sovg‘a talab qilinmagan, Aksiya Ishtirokchisining sovg‘ani olish huquqi esa yo‘qotilgan hisoblanadi. Belgilangan muddatda sovg‘ani olishdan bosh tortgan yoki uni olish niyatini bildirmagan Aksiya Ishtirokchisi ushbu muddat o‘tib ketgandan keyin Tashkilotchidan talab qilib olinmagan sovg‘ani talab qilishga haqli emas. Talab qilib olinmagan sovg‘a saqlanmaydi, berilmaydi, Ishtirokchi tomonidan talab qilinishi mumkin emas va Tashkilotchining mulkiga aylanadi.
9.3. Tashkilotchi Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi, Aksiyani o‘tkazishda yuzaga keladigan bahsli vaziyatlar bundan mustasno.
9.4. Har bir Gʻolib Aksiya Tashkilotchisining ++998 97 922 63 67 raqamidan Gʻolibning telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish orqali xabardor qilinadi.
9.5. Agar Aksiya G‘olibining telefon raqami xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lsa, yoki Aksiya G‘olibi sovrinli o‘yin o‘tkazilayetgan vaqt ichida qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, yoki Aksiya Tashkilotchisiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa texnik sabablarga ko‘ra qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, u holda G‘olib Aksiya tashkilotchisi qaroriga e’tiroz bildirish imkoniyatisiz g‘alaba qozonish imkoniyatini yo‘qotadi, sovrin esa keyingi Muqobil da’vogarga o‘tadi. Agar muqobil da’vogar bilan aloqa bo‘lmasa, Sovrin keyingi muqobil da’vogarga o‘tadi va shu tarzda davom etadi.

10. SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI/TARTIBI

10.1. Sovrinni olish uchun G‘olib Operatordan xabarnoma olingan paytdan boshlab 5 (besh) kalendar kundan kechiktirmay Operatorga o‘zi haqidagi quyidagi hujjatlarni va (yoki) ma’lumotlarni taqdim etishi kerak (ushbu Qoidalarning 9.5. bandi):
10.1.1. G‘olibning familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa);
10.1.2.G‘olibning haqiqiy yashash joyining to‘liq va aniq manzili;
10.1.3. Amaldagi pasport yoki ID kartaning 2 (ikki) tomondan fotosurati/skanerlangan nusxasi.
G’olibning pasportida individual identifikatsiya raqami (IIR) bo‘lishi kerak.
10.1.4. Xorijiy fuqaroda IIN bo‘lmagan taqdirda, O‘z.R yashash uchun ruxsatnomani tasdiqlovchi hujjatda JShShIR ko‘rsatiladi;
10.1.5. G‘olib tomonidan imzolangan shaxsiy ma’lumotlarni Tashkilotchi/Operatorga topshirishga rozilikning foto/skanerlangan nusxasini (keyingi o‘rinlarda “Shaxsiy ma’lumotlarni uzatishga rozilik”) keyinchalik shaxsiy ma’lumotlarni Tashkilotchiga kuryerlik xizmati orqali topshirish va qayta ishlashga (Shaxsiy ma’lumotlarni Tashkilotchiga/Operatorga topshirishga Rozilik shakli Operator tomonidan Aksiya qoidalarining 9.6-bandiga muvofiq xabarnoma doirasida oldindan taqdim etiladi) Rozilikning imzolangan asl nusxasini taqdim etadi.
10.2. Ushbu Qoidalar shartlarini bajarmagan Aksiya g‘olibi Sovrinlarni olish huquqini yo‘qotadi. Mazkur holatda, Aksiya Buyurtmachisi bunday Sovrinni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi.
10.3. Aksiya Sovrinlarini yetkazib berish Tashkilotchi tomonidan 4.1-bandga muvofiq Sovrinli o‘yin o‘tkaziladigan joyga – savdo nuqtalariga Aksiya davri tugaganidan keyin 10 (o‘n) kalendar kun ichida yetkazib beriladi.
10.4. Tashkilotchi Aksiya G'oliblariga Sovrinlarni yetkazib berish majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.
Sovrinlarni aksiya g‘oliblarining haqiqiy yashash joyiga yetkazish bo‘yicha barcha xarajatlar Aksiya g‘oliblari hisobidan amalga oshiriladi.
10.5. Aksiya Ishtirokchisi ushbu holatlar qachon ma’lum bo’lishidan qat’i nazar, quyidagi hollarda hech qanday kompensatsiya, shu jumladan tovon pulisiz qo‘lga kiritgan tegishli sovrinni olish huquqini yo‘qotadi:
10.5.1. agar Aksiya Ishtirokchisi unga tegishli sovrin topshirilgunga qadar ushbu Qoidalarni buzgan deb topilsa;
10.5.2. agar Aksiya Ishtirokchisi og‘zaki yoki yozma ravishda elektron aloqa vositasida sovrinni olishdan bosh tortganligini bildirsa;
10.5.3. Aksiya Ishtirokchisini aniqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirda;
10.5.4. bunday G‘olib bilan bog‘lanish uchun 3 (uchta) muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin;
10.5.5. G‘olib o‘z shaxsiy ma’lumotlarini Aksiya Tashkilotchisi/Operatoriga topshirishdan bosh tortgan taqdirda;
10.5.6. G‘olib ushbu Qoidalarning 10.1-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur ma’lumotlarni belgilangan muddatda taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda.
10.6. Sovringa egalik huquqi G‘olibga bunday sovrin topshirilgan paytdan boshlab o‘tadi, Aksiya G‘olibi o‘ziga tegishli Aksiya sovrinini sotish va undan foydalanish bilan bog‘liq barcha choralarni mustaqil ravishda amalga oshiradi.
10.7. Buyurtmachi/Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, shu jumladan, lekin quyidagilar bilan cheklanmagan holda 2024-yil 30-aprelgacha Sovrinni yuborish / Aksiya g‘olibi tomonidan uni olish imkoni bo‘lmasa:
- G‘olib tomonidan elektron pochta manzilining o‘chirib tashlanishi yoki elektron pochta manziliga kirish huquqining yo‘qotilishi;
- G‘olib tomonidan elektron pochta manzilining noto‘g‘ri ko‘rsatilishi;
- kompyuter tizimlari, pochta serverlari, Internet-provayder tarmog‘idagi to‘xtalishlar, nosozliklar, xatolar;
- Internetdagi to‘xtalishlar, xatolar va nosozliklar;
- - internet, elektr ta’minotining yo‘qligi/bloklanishi;
Aksiya G‘olibining pochta manzillari ko‘rsatilgan pochta xizmatlari va (yoki) saytlarining davlat organlari tomonidan bloklanishi, ularni ekstremistik va (yoki) terroristik deb topilgan taqdirda Aksiyaning bunday sovrini talab qilib olinmagan deb topiladi, tegishli G‘olib uni qaytarish talabini takroran qo‘ya olmaydi va Aksiya Buyurtmachisi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalaniladi.
10.8. Aksiya ishtirokchilari Aksiya o‘tkaziladigan butun davr mobaynida o‘z mobil raqamlari kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va kiruvchi matnli xabarlar qabul qilinishini ta’minlash uchun javobgardir.
10.9. Aksiya sovrinini olish huquqi Aksiya g‘olibi tomonidan uchinchi shaxsga berilishi mumkin emas.
10.10. Yutib olingan sovrinni Aksiyaning boshqa sovrinlari bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi (ushbu Qoidalarning 7.4., bandi bundan mustasno). Sovrinlarning pul ekvivalentini to‘lash amalga oshirilmaydi. Aksiyaning Haftalik va/yoki Bosh Sovrinlarini naqd pulga yoki boshqa ekvivalentga almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlar qaytarib olinmaydi.
10.11. Aksiyadagi sovrinlar soni cheklangan va ushbu Qoidalarning 7-bo‘limida ko‘rsatilgan miqdordan iborat. Tashkilotchining Ishtirokchilar oldidagi sovrinlarni berish majburiyatlari ushbu Qoidalarning 7.2., 7.3., va 7.4-bandlarida ko‘rsatilgan Sovrin jamg‘armasining umumiy miqdori bilan cheklangan. Shu munosabat bilan, Aksiya Ishtirokchisi qandaydir kompensatsiya, shu jumladan pul ko‘rinishidagi kompensatsiya talab qila olmaydi.
10.12. O‘z.R Soliq kodeksining 369-moddasi 2-qismi 14-bandiga muvofiq, 30 kundan ortiq davom etgan ommaviy oferta bo‘yicha Aksiyada ishtirok etish doirasida yutuq olgan jismoniy shaxs daromad solig‘ini to‘lamaydi. Aksiya sovrinini olish, unga egalik qilish va tasarruf etish bilan bog‘liq holda G‘olibda yuzaga keladigan boshqa to‘lovlarni, O‘z.R (yoki) boshqa mamlakatlar byudjetiga yig‘imlarni, vositachilik haqini va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash G‘olib tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

11. XARAJATLAR. JAVOBGARLIKNING CHEKLANISHI

11.1. Tashkilotchi ham, Buyurtmachi ham quyidagilar uchun javobgar emas:
11.1.1. Ishtirokchilar tomonidan Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinlarni olish bilan bog‘liq majburiyatlarning bajarilmasligi (o‘z vaqtida bajarmasligi) uchun;
11.1.2. Ishtirokchilarni Aksiya qoidalari bilan, shuningdek, o‘tkazilgan Aksiya natijalari bilan tanishtirmaganlik uchun;
11.1.3. Ishtirokchilardan xatlar, qo‘ng‘iroqlar va/yoki elektron xabarlar olmaganlik uchun, shu jumladan pochta xizmati, aloqa tashkilotlari aybi bilan, Aksiya o‘tkazilayotganda foydalanilgan Internet tarmog‘i va/yoki aloqa kanallarida texnik muammolar va/yoki firibgarlik natijasida;

11.1.4. Ishtirokchilardan Sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va/yoki ma’lumotlarni olmaganlik uchun (o‘z vaqtida olmaganlik uchun);
11.1.5. Ishtirokchilardan Aksiyani o‘tkazish va Sovrinlarni topshirish maqsadida zarur bo‘lgan bog‘lanish va/yoki boshqa ma‘lumotlarni, shaxsiy ma’lumotlarni noto‘liq va/yoki noto‘g‘ri olganlik uchun;
11.1.6. Aksiya Tashkilotchisi/Operatori aybisiz yuzaga kelgan uyali aloqa operatorlari, Internet- provayderlarining har qanday texnik to‘xtalishlari, nosozliklari, profilaktika ishlari va hokazolar uchun;
11.1.7. Aksiyada ishtirok etish va (yoki) Sovrinni olish bilan bog‘liq Ishtirokchi tomonidan sarflangan har qanday xarajatlar va (yoki) zararlar uchun;
11.1.8. yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holati yuzaga kelgan taqdirda, shu jumladan COVID-19 tufayli favqulodda holat va/yoki sanitariya-epidemiologik cheklovlar/taqiqlar joriy etilganda.
  1. Aksiyaning barcha Ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha va har qanday xarajatlarni (shu jumladan, va ushbu cheklanib qolmagan holda Internet tarmog‘idan foydalanish, Aksiya haqida istalgan ma’lumotni olish, Aksiya mahsulotini xarid qilish va sh.k., bilan bog‘liq xarajatlarni) mustaqil ravishda to‘laydilar.
  2. Aksiya Operatori va (yoki) Tashkilotchisi va (yoki) Buyurtmachisi Aksiya sovrinlariga bo‘lgan huquq bilan bog‘liq har qanday nizolar uchun javobgar emas. Har qanday holatda nizolar bo‘yicha yakuniy qaror Buyurtmachi tomonidan qabul qilinadi va bunday qaror ustidan shikoyat berib bo‘lmaydi.
  3. Mobil telefoni, uning raqami, elektron pochta manzili, Aksiya mahsuloti kimga tegishliligi bo‘yicha nizolar yuzaga kelgan taqdirda na Tashkilotchi, na Buyurtmachi va na Operator bahsga kirishmaydi. Barcha bunday nizolar nizo tomonlari o‘rtasida mustaqil ravishda va o‘z mablag‘lari hisobidan hal qilinadi.

12. SHAXSGA DOIR MA‘LUMOTLAR

12.1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi O‘z.R qonunchiligida nazarda tutilgan, xususan O‘z.R 2019-yil 21-iyundagi O‘RQ-547-son “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda va hajmda aniq va haqiqiy (ishonchli) ma’lumotlarni ko‘rsatishga, shuningdek, o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatlarini ko‘zlab Operator, Tashkilotchi, Buyurtmachi, Texnik hamkor, ular tomonidan vakolat berilgan shaxslarga shaxsga doir va boshqa ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, uzatish, shu jumladan transchegaraviy uzatish, foydalanish, saqlashga roziligini bildiradi.
Aksiya ishtirokchilarining shaxsga doir ma’lumotlari ularga uchinchi shaxslarning ruxsatsiz kirishini istisno etgan holda ishonchli himoyalangan bo‘lishi kerak.
12.2. Aksiyada ishtirok etgan holda Aksiya Ishtirokchisi Tashkilotchi, Buyurtmachi, Texnik hamkor va ular tomonidan vakolat berilgan shaxslarga o‘zining shaxsga doir ma’lumotlari, oldindan yozma roziligi bilan, fotosuratlari, intervyulari, telefon raqamlari, e-mail va (yoki) u haqidagi boshqa materiallardan Buyurtmachining reklama va marketing maqsadlarida foydalanish huquqini beradi, xususan, va ular bilan cheklanmagan holda: Buyurtmachi, Tashkilotchi, Axborot hamkori va ular tomonidan vakolat berilgan shaxslarga Ishtirokchining ma’lumotlari va materiallarini hudud, vaqt va foydalanish usullari bo‘yicha cheklovlarsiz ommaviy axborot vositalarida, istalgan bosma nashrlarda e’lon qilish huquqi beriladi; bunday foydalanish uchun Aksiya Tashkilotchisi yoki Aksiya Buyurtmachisi tomonidan Ishtirokchiga hech qanday to‘lov amalga oshirilmaydi (qoplanmaydi).
12.3. Aksiyada ishtirok etgan holda har bir Ishtirokchi amal qilish muddati cheklamagan holda Buyurtmachi, Tashkilotchi va ular vakolat bergan shaxslar tomonidan SMS xabarlar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlarini (tarqatmalarni) o‘z mobil telefoni raqamiga, e-mail manziliga qabul qilinishiga rozilik beradi.
12.4. Ishtirokchi istalgan vaqtda splat.samarqand@gmail.com elektron pochta manziliga tegishli yozma xabar yuborish orqali ushbu ma’lumotni olishni rad etishga haqli.
12.5. Ishtirokchilar Aksiyani o‘tkazish maqsadida ular tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlar va axborotlar Tashkilotchi va (yoki) Operator, shuningdek ular vakolat bergan shaxslar tomonidan avtomatlashtirilgan vositalardan foydalangan holda qayta ishlanishiga rozilik beradilar.
12.6. Ishtirokchi istalgan vaqtda Qoidalarning 12.2-bandida ko‘rsatilgan roziligini bekor qilishga haqli. Ishtirokchining roziligi bekor qilinganligi to‘g‘risida xabarnoma olingan taqdirda, Tashkilotchi, Buyurtmachi va/yoki ular vakolat bergan shaxslar ushbu Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishni
to‘xtatishadi va rozilik qaytarib olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan oshmagan muddatda shaxsiy ma’lumotlarni yo‘q qiladi. Shu bilan birga, Ishtirokchining Aksiyada kelgusida ishtirok etishiga va Aksiya Sovrinlarini olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12.7. Shaxsga doir ma’lumotlar va axborotlarni qayta ishlash, to‘plash, uzatish, shu jumladan transchegaraviy, foydalanish, saqlashga Aksiya Ishtirokchisi tomonidan rozilik Aksiya o‘tkazish boshlangan kundan boshlanadi va 31.12.2024-yilgacha amal qiladi. Aksiya Ishtirokchilarining shaxsga doir ma’lumotlari va axborotlari O‘z.R qonunchiligi talablariga muvofiq maxfiylik shartlari asosida Qoidalarning ushbu bandida ko‘rsatilgan muddat tugagunga qadar saqlanadi va qayta ishlanadi, shundan so‘ng Ishtirokchilarning ma’lumotlari Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi tomonidan yo‘q qilinishi kerak.

13. BOSHQA SHARTLAR

13.1. Aksiyada ishtirok etish orqali:
13.1.1. Ishtirokchi Aksiyani o‘tkazishning barcha qoidalari va ishtirok etish shartlari bilan tanishganligini hamda ularga to‘liq va so‘zsiz roziligini tasdiqlaydi;
13.1.2. Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi va (yoki) Texnik hamkor tomonidan unga haq to‘lamasdan uning surati tasvirlangan fotomateriallar, intervyulari va uning ishtirokidagi boshqa materiallardan reklama va (yoki) Aksiya, Splat va Biomed savdo belgisi taqdimoti maqsadida foydalanishga roziligini bildiradi;
13.1.3. Ishtirokchi Tashkilotchiga va (yoki) Buyurtmachiga bunday materiallardan efirga uzatish va ommaviy namoyish qilish yo‘li bilan foydalanish huquqini, shuningdek ommaviy reklama va/yoki Aksiya va uning natijalarini, shuningdek, Splat tovar belgisi taqdimoti maqsadida va boshqa nomutlaq mualliflik huquqlarini beradi;
13.1.4. Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi Ishtirokchi bilan bog‘liq materiallarni ommaviy axborot vositalariga, Saytga, Internet tarmog‘iga joylashtirishdan oldin Ishtirokchi bilan oldindan kelishmagan holda tahrir qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
13.2. Aksiya Tashkilotchisi o‘z xohishiga ko‘ra, Ishtirokchilarga sabablarini tushuntirmasdan va ular bilan yozishmalar olib bormasdan Aksiya Ishtirokchilarining har qanday harakatlarini haqiqiy emas deb topishga, shuningdek, Aksiyada ularning keyingi ishtirok etishini taqiqlash, Ishtirokchi ma’lumotlarni soxtalashtirishi yoki ma’lumotlarning har qanday soxtalashtirilishidan foyda olishga harakati bo‘yicha Tashkilotchida asosli shubhalar yuzaga kelgan har qanday shaxsga Sovrin berishni rad etish huquqiga ega.
13.3. Aksiyada ishtirok etgan holda har bir Ishtirokchi amal qilish muddati cheklamagan holda Buyurtmachi, Tashkilotchi va ular vakolat bergan shaxslar tomonidan kelgusida SMS xabarlar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlarini (tarqatmalarni) o‘z mobil telefoni raqamiga, e-mail manziliga qabul qilinishiga rozilik beradi.
13.4. Ishtirokchi istalgan vaqtda splat.samarqand@gmail.com. elektron pochta manziliga tegishli yozma xabar yuborish orqali ushbu ma’lumotni olishni rad etishga haqli.
13.5. Ushbu Qoidalarni noaniq talqin qilishga imkon beradigan vaziyat hamda har qanday munozarali masalalar va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalar yuzaga kelgan taqdirda, yakuniy qaror O‘z.R amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq Buyurtmachi tomonidan qabul qilinadi. Barcha da’volar va nizolar Buyurtmachi tomonidan qabul qilinadi.
13.6. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan boshqa barcha holatlar bo‘yicha Aksiya Tashkilotchisi/Operatori/Buyurtmachisi Aksiya Ishtirokchilari O‘z.R amaldagi qonunchiligiga rioya qiladilar.